O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamenti rahbariyatining navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi

Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan muntazam ravishda shaxsiy va sayyor qabullar oʻtkazib kelinmoqda.

Aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida joriy yilning 5-avgust kuni Tergov departamenti rahbariyatining shaxsiy qabuli oʻtkazildi.

Qabul davomida jami 103 nafar fuqarolarning 70 dan ortiq murojaatlari oʻrganildi. Murojaatlarning asosiy qismi 68 tasi tergov faoliyatiga taalluqli boʻlib, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda migratsiya va personallashtirish yoʻnalishlaridagi masalalar ham koʻrib chiqildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 26 tasi yoki 25,2 foizi joyida qanoatlantirildi, 6 tasi yoki 5,8 foiziga tushuntirish berildi, 73 tasi yoki 69 foizi qoʻshimcha oʻrganish talab etganligi bois masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, bir qator fuqarolar tomonidan muammosi muvaffaqiyatli hal etilgani yuzasidan minnatdorchiliklar bildirildi.

Bu kabi qabullar kelgusida ham davom ettiriladi.

Text to speech