O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

ICHKI ISHLAR ORGANLARI TERGOV BO‘LINMALARI XODIMLARI UCHUN O‘QUV KURSLARI BOSHLANDI

O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan respublika ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari xodimlari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari boshlandi.

Dastlabki malaka oshirish kursiga jalb etilgan ichki ishlar organlarining 30 nafar tergovchilari xizmat vazifalarini samarali bajarishlari uchun kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratlarini oshiradilar. O‘quv jarayoniga belgilangan dasturga binoan IIV Tergov departamenti rahbarlari hamda IIV Malaka oshirish professor-o‘qituvchilar tomonidan sifatli darajada o‘quv-mashg‘ulotlari olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek amaliy tajribalarini oshirish maqsadida Respublika poytaxtida joylashgan barcha tergov amaliyoti bilan bog‘liq tashkilotlarga sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazilishi ham nazarda tutilgan.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech