Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri örinbosari polkovnik Yo.J.Isabayev tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini körib çiqiş, fuqarolarning soha bilan boğliq muammolariga ijobiy yeçim topiş maqsadida Kegeyli tumani Xalq qabulxonasi binosida Taxtaköpir, Qoraözak, Çimboy, Kegeyli va Bözatov tumanlarida yaşovçi fuqarolar bilan navbatdagi Sayyor qabul ötkazildi.
Sayyor qabul davomida asosiy e’tibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etiş va ularga huquqiy maslahatlar berişga qaratilib, buning uçun mas’ul xodimlarning iştiroki ta’minlandi. Qabul jarayonida fuqarolarning jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, tergovga qadar tekşiruv va dastlabki tergov sohalaridagi muammolari va takliflari böyiça murojaatlari qabul qilinib, ularning asosiy qismi joyida ijobiy hal etildi. Sayyor qabul davomida fuqarolardan jami 15 ta murojaat kelib tuşib, ularning 12 tasi ya’ni 80% ijobiy hal etildi va 3 ta murojaat böyiça huquqiy tuşuntirişlar berildi. Ayrim murojaatlarni örganiş va vaqt talab etişi inobatga olinib, mutasaddi idoralarga tegişli topşiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi va murojaat egalariga huquqiy tuşuntirişlar berildi.
Tergov departamenti