O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

IIV Akademiyasi professor o‘qituvchilari hamda kunduzgi taʼlimining 1-3 bosqich kursantlari ishtirokida Samarqand viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik M.T.Raxmatullayev rahbarligida videokonferensaloqa orqali navbatdagi mahorat darsi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 25 avgust kungi buyrug‘i asosida joriy yilning 17 may kuni IIV Akademiyasi professor o‘qituvchilari, kunduzgi o‘quv taʼlimining 1-3 bosqich kursantlari ishtirokida videokonferensaloqa orqali Samarqand viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik M.T.Raxmatullayev rahbarligida «Poraxo‘rlik (JKning 210, 211, 212-moddalari misolida) bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish, fosh etish va tergov qilish amaliyoti hamda ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar», «Ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatish va badaniga shikast yetkazish bilan bog‘liq holatlar hamda ularning oldini olish yo‘llari» mavzulari bo‘yicha navbatdagi mahorat darsi o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotida Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi O‘MIB tergovchisi mayor A.R.O‘ralov, katta tergovchi kapitan Sh.Sh.Shodmonov, viloyat IIB JQB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.M.Raximov, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi katta inspektori kapitan A.H.Rabbanakulov hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi M.M.Ro‘ziyevlar mavzu doirasida o‘z maʼruzalari bilan seminar ishtirokchilarini tanishtirib, amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar to‘g‘risida fikr almashishdi. O‘quv seminar mashg‘uloti savol-javob shaklida davom ettirilib, qizg‘in muhokamalar bilan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech