O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyati ishtirokida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining 2026-yilning 9 oylik faoliyati bo‘yicha sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov huzurida viloyat Ichki ishlar boshqarmasining 2026-yil 9 oy davomidagi xizmat faoliyati yakunlari bo‘yicha sarhisob yig‘ilishi o‘tkazildi.
Dastlab, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari so‘zga chiqib, viloyatdagi kriminogen vaziyat haqida axborot berdi.
Shundan so‘ng, viloyat hududida sohaviy xizmatlar va ichki ishlar bo‘limlari tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlar, jinoyatchilikni jilovlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy-tahlil etildi.
Viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar uchun xavfsiz muhitni yaratish borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilinib , xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi.
Shuningdek, Davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan qarorining ijrosini ta’minlashda yettilik va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni mustahkamlash lozimligi ta’kidlandi.
Tergov departamenti