O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Fuqarolarni qabul qilishning yangi amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan fuqarolarga murojaat qilishlari uchun qulaylik yaratish va ularni sarson hamda ortiqcha ovora qilmaslik maqsadida Vazir o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabulini videokonferensaloqa rejimi orqali o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilning 10 iyun kuni vazir o‘rinbosari Ya.A.Abdulxakov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi jami 9 nafar fuqarolarning murojaatlarini qabul qilinib, 4 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 tasi bo‘yicha tushuntirish berilib, qolgan 3 tasi qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli ijroga qaratildi.

Kelgusida, fuqarolarni shaxsiy qabulga kelishi uchun ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik va ovoragarchilikni oldini olish maqsadida haftaning payshanba kunlari videokonferensaloqa rejimi orqali vazir o‘rinbosarining shaxsiy qabullari o‘tkazib boriladi.

Bundan tashqari, fuqarolar haftaning istalgan kuni (dam olish kunlaridan tashqari) Ichki ishlar vazirligiga kelib Tergov departamenti rahbariyatiga shaxsan murojaat qilishlari mumkin.

Shu bois, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A. Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda Tergov departamentining 71.231-38-16 raqamiga murojaat qilishlari so‘raladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech