Xalqaro forumning «Jinoyatlarni tergov qilişda zamonaviy yondaşuvlar: xalqaro tajriba va innovatsion texnologiyalar» mavzusidagi parallel sessiyasi
Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari taşkil etilganining 35-yilligiga bağişlangan «TAŞKENT LAW ENFORCEMENT FORUM – 2026» xalqaro ilmiy-amaliy forumi doirasidagi ikkinçi parallel sessiyada jinoyatlarni aniqlaş va tergov qilişda zamonaviy axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, raqamli kriminalistika hamda innovatsion tergov usullaridan foydalanişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Sessiya doirasida Içki işlar vazirining örinbosari polkovnik R.A.Aşropov “Içki işlar organlarida zamonaviy tergov usullarini qöllaş istiqbollari” mavzusida ma’ruza qildi.
Sessiyada Özbekistonning huquqni muhofaza qiluvçi organlari vakillari bilan bir qatorda Janubiy Koreya, Vengriya, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi va Tojikistonning prokuratura, içki işlar va boşqa vakolatli organlari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, şuningdek, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi (UNODC) ekspertlari iştirok etdi.
Sessiyaning birinçi qismida prokuratura va içki işlar organlarida jinoyatlarni tergov qilişda innovatsion texnologiyalardan foydalaniş, zamonaviy tergov usullarini joriy etiş istiqbollari, raqamli kriminalistika platformalarini rivojlantiriş hamda kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşişda prokuror nazoratining örni muhokama qilindi.
Xususan, Koreya Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan raqamli kriminalistika xizmatlarini platformalaştirişga qaratilgan DFaaS (Digital Forensics as a Service) konsepsiyasining istiqbollari taqdim etildi.
Şuningdek, sun’iy intellekt va virtual reallik texnologiyalarining kriminal politsiya xodimlarini tayyorlaşga ta’siri, kiberjinoyatlarga oid işlar böyiça moliyaviy tergovlarni taşkil etiş hamda zamonaviy global tahdidlar şaroitida jinoyatçilikka qarşi kuraşişning huquqiy mexanizmlari körib çiqildi.
Sessiyaning ikkinçi qismi raqamli dalillar bilan işlaş, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar (Big Data) texnologiyalarini tergov jarayonlariga tatbiq etiş masalalariga bağişlandi.
Muhokamalarda transmilliy uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşişda yangi texnologiyalarning imkoniyatlari va ulardan foydalaniş bilan boğliq muammolar, raqamli dalillarni tergov jarayonida töplaş va tadqiq etişning öziga xos jihatlari yoritildi.
Şuningdek, xalqaro tajriba asosida idoralararo huquqiy ta’limning öziga xos xususiyatlari, tergovçilarni kasbiy tayyorlaş tizimi, sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalaridan foydalaniş könikmalarini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Sessiyaning uçinçi qismida raqamli saqlanadigan axborotlarning sud-huquqiy ahamiyati, ularning manbalari va tergov harakatlarida qöllanilişi, jinoyatlarni aniqlaş usullarining zamonaviy texnologiyalar ta’siridagi evolyutsiyasi körib çiqildi.
Bundan taşqari, Tojikiston Respublikasi prokuratura organlarining faoliyatini raqamlaştiriş va kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş tajribasi taqdim etildi.
Muhokamalarda, şuningdek, tergov jarayonlarida
va bölajak tergovçilarni kasbiy tayyorlaşda sun’iy intellekt agentlaridan foydalaniş istiqbollari, bojxona organlarida suriştiruv jarayonida raqamli dalillar bilan işlaş hamda jinoyat protsessida raqamli dalillarni qöllaşning ayrim masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan savol-javoblar va fikr almaşinuvi ötkazilib, jinoyatlarni tergov qilişda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalaniş, raqamli kriminalistika imkoniyatlarini kengaytiriş, tergovçilarning kasbiy tayyorgarligini takomillaştiriş va xalqaro tajriba almaşişning ahamiyati ta’kidlandi.
Sessiya milliy va xorijiy tajribani birlaştiriş, tergov amaliyotiga ilmiy-texnik yutuqlarni joriy etiş hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar örtasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş uçun muhim muloqot maydoni böldi.
Tergov departamenti