O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kasb-mahoratini oshirishga oid o‘quv seminar mashg‘uloti

Joriy yilning 04 fevral kuni Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda kasb-mahoratini oshirishga oid o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan seminar mashg‘ulotida "Hujjatli taftish tayinlash va uning huquqiy asoslari" va "Yong‘in va portlash holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan hodisa joyini ko‘zdan kechirish tartibi va o‘ziga xos xususiyatlari" mavzulari yuzasidan amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va takliflar tinglandi.

Seminar mashg‘ulotiga Davlat Moliya nazorati boshqarmasi, Davlat soliq boshqarmasi, Favqulotda vaziyatlar viloyat boshqarmalari mutaxassislari, viloyat prokuraturasi hamda viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi va quyi Tergov bo‘linmalari xodimlari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech