O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jinoyat ishlari tergovining qonuniyligi va sifati yuzasidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi mas’ul rahbarlari tomonidan jinoyat ishlari tergovining qonuniyligi va sifati ustidan nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Tergov boshqarmasi va shahar prokuraturasi mas’ullari, shuningdek, tergov bo‘linmalari rahbarlari va tergovchilar ishtirokida tergov yurituvidagi jinoyat ishlari atroflicha va tanqidiy muhokama qilindi.

Muhokama davomida tergov harakatlarining to‘liq va xolisona olib borilishi, to‘plangan dalillarga huquqiy baho berilishi, shuningdek, protsessual muddatlarga qat’iy rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tergov harakatlarining samaradorligini oshirish hamda qonuniy va asoslantirilgan protsessual qarorlar qabul qilinishini ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Bunday nazorat tadbirlari jinoyat ishlari bo‘yicha tergov sifatini yanada oshirish, qonuniylikni ta’minlash hamda tergov faoliyatida mavjud kamchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Tergov departamenti

Text to speech