Tergov departamentida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish, ularning muammolarini qonuniy hal etish hamda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida jami 107 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 78 tasi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov, 4 tasi huquqbuzarliklar profilaktikasi, 15 tasi kadrlar masalalari hamda 10 tasi boshqa yo‘nalishlarga oid bo‘ldi.
Tergov yo‘nalishiga oid murojaatlarning 21 tasi (27 foizi) qabul jarayonining o‘zida hal etildi, 17 tasi (22 foizi) yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan 40 ta murojaat (51 foizi) qo‘shimcha o‘rganish va tegishli choralar ko‘rishni talab etganligi sababli mas’ul rahbar va xodimlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Tergov departamenti