O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Pora berish vaqtida qoʼlga olindi

9 may kuni Yashnobod tumani IIO FMB 7-son ichki ishlar boʼlimi tergovchisi leytenant Sh. Turaev Toshkent shahar IIBB boshligʼi nomiga raport bilan murojaat qildi. Xodimning maʼlum qilishicha, uning tergovi ostida boʼlgan shaxs undan “ishni yopishni” iltimos qilib, evaziga 1000 АQSh dollari miqdorida noqonuniy pul mukofoti taklif qilgan. Shu munosabat bilan tergovchi gumonlanuvchi Nodirjon I.ga nisbatan qonuniy chora koʼrilishini soʼrar edi. Deyiladi Toshkent shahar IIBB axborotida.  

Gumonlanuvchi Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276 moddasi boʼyicha jinoiy javobgarlikka tortildi.

31 mart kuni kechqurun soat 17.00 da Yashnobod tumani Choʼlpon YPX postida Toshkent shahar IIBB xodimlari Nodirjon I.ni tekshiruv uchun toʼxtatishgan. Nodirjon I.ning oʼzini tutishi shubha uygʼotgach, xolislar taklif etilib, uning sumkasi tekshirildi. Tekshiruv davomida sumkadan “Tropikamid”, “Regapen”, “Tramadol”, “Selofen” kabi sotuvga taqiqlangan bir nechta dori vositalari va boshqa psixotrop dori vositalari turiga kiruvchi vositalar topildi.

Nodirjon I. ichki ishlar boʼlimiga yetkazilgach, u yerda maʼlum boʼlishicha 27 yoshli Mirobod tumanida yashovchi fuqaro muqaddam bir necha bor sudlangan ekan.  

Psixotrop vositalari topilganligi fakti boʼyicha Yashnobod tumani IIO FMB 7-son ichki ishlar boʼlimi tergovchisi leytenant Shoxruh Toʼraev tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276 moddasi “a” bandi 2 qismi (“Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʼtkazish maqsadini koʼzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) boʼyicha jinoiy ish qoʼzgʼatildi.

Tergov davomida ayblanuvchi tergovchiga “ming АQSh dollari evaziga ishni yopishni taklif qilgan”, bu haqda leytenant Sh. Toʼraev raport orqali Toshkent shahar IIBB rahbariyatiga maʼlum qildi.

Shu kunning oʼzida, 9-may kuni saot 17.35 da Nodirjon I. tergovchiga noqonuniy pul mukofoti berayotganida Oʼzbekiston Respublikasi IIV Oʼz xavfsizlik boshqarmasining Toshkent shahri boʼyicha masʼul xodimlari va poytaxt prokuraturasi xodimlari tomonidan tomonidan qoʼlga olindi .

Nodirjon I.ga nisbatan Oʼzbeksiton Respublikasi Jinoyat kodeksining 211 moddasi (“Pora berish”) boʼyicha jinoiy ish qoʼzgʼatildi. Tergov davom etmoqda.

Joriy yilning boshidan buyon mazkur fakt Toshkent shahar IIBB xodimiga pora berishga urinish bilan bogʼliq uchinchi holat boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211 moddasi boʼyicha qoʼzgʼatilgan uchinchi jinoiy ishdir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech