O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xalqaro oila kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssanbleyasining 1993 yil 15 may kuni qabul qilingan rezolyutsiyasiga asosan ushbu kun "BUTUNJАHON OILА KUNI" (International Day of Families) deb eʼtirof etilgan.

Ushbu kunni oila kuni deb eʼtirof etilishining asosiy maqsadi, bir necha davlatlarning oilalarida mavjud boʼlgan muommolarga eʼtiborni qaratish koʼzlangan. Ushbu kunni oila kuni deb nishonlash esa oilalar oʼrtasida fuqarolarga taʼsir etuvchi ijtimoiy iqtisodiy va demografik jarayonlarni tahlil qilishga imkoniyat yaratib beradi.

Oila jamiyatning alohida asosiy boʼgʼini sifatida unda insoniylik, madaniy va maʼnaviy qadriyatlar, milliy mentalitet, etnik urf odatlar, avlodlarning oʼzaro azaliy bogʼliqligi va tarixiy chambarchasligi, barqarorlik hamda rivojlanish omili boʼlib tan olingan. Oilaning muqaddas hisoblanishida davlat tobora mustahkamlanib, rivojlanadi va xalqning turmush farovonligi ijobiy tomonlama ortib bormoqda. Har doim mamlakatning  rivojlanishi, oilaning jamiyat va davlat oldidagi mavqeiga qarab belgilangan.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyunь kungi “Oʼzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PQ-3808-son qaroriga koʼra, 15 may "Xalqaro oila kuni" sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Inson hayoti oiladan boshlanadi. Bu yerda u shaxs sifatida shakllanadi. Oila - bu sevgi, mehr-muhabbat hurmat va hamjihatlik manbai asosida yetuk jamiyatni barpo etadi. Oilaning farovonligi mamlakat rivojining oʼlchovi sifatida baholanadi. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech