Ichki ishlar vazirligida tergov masalalari bo‘yicha navbatdagi qabul o‘tkazildi
Fuqarolar bilan ochiq muloqot doirasini kengaytirish, protsess ishtirokchilarini muammolarini o‘rganish hamda ularni bevosita joyida hal etish maqsadida joriy yilning 03 fevral kuni Tergov departamenti tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi.
Ushbu qabul davomida, jami 139 nafar fuqarolardan 113 ta murojaat kelib tushib, ularning 77 tasi tergovga qadar tekshiruv materiallari, 9 tasi huquqbuzarliklar profilaktikasi va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, 2 tasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish yo‘nalishi bo‘yicha, 1 tasi kadrlar yo‘nalishi hamda 24 tasi boshqa masalalarni tashkil etdi.
Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 31 tasi (27.4 foiz) qabul vaqtining o‘zida hal etildi, 9 tasi (8 foiz) yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, qolgan 73 tasi (64.6 foiz) esa qo‘shimcha kompleks o‘rganishlar talab etganligi sababli masʼul va rahbar xodimlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Mazkur turdagi qabullar kelgusida ham tizimli ravishda tashkil etib boriladi.