O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida 2021 yil 9 oyi yakunlari sarhisob qilindi

2021 yil 11 oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida joriy yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha videokonferensaloqa orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda tergov bo‘linmalari tomonidan erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar muhokamasidan so‘ng, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunidagi tergov bo‘linmalarida xizmat olib borayotgan barcha bo‘g‘indagi rahbarlar va xodimlar tomonidan “Har bir davlat xizmatchisi har kuni o‘zining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart” degan qoidani ro‘yobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratishi kerakligi taʼkidlandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech