O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabul Toshkent viloyati aholisi uchun o‘tkazildi

2021 yil 06 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.Islamov boshchiligida Respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi ommaviy sayyor qabul O‘rtachirchiq tumanidagi Toshkent viloyati “Xalq qabulxonasi”da viloyat aholisi o‘rtasida o‘tkazildi.

Qabul davomida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan jami 23 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Ushbu 23 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha 2 tasi joyida hal etildi, 14 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, 7 nafarining arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech