Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan oʻtkazilgan shaxsiy qabulda aholi murojaatlari atroflicha koʻrib chiqilib, muammolarni tizimli hal qilishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalardan biri — aholi bilan ochiq va samarali muloqotni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyishdan iborat.
Mazkur yoʻnalishda ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolar bilan bevosita muloqotni taʼminlash, aholi murojaatlari va ehtiyojlarini atroflicha oʻrganish, kelib tushgan ariza va takliflarni qonunchilik talablari asosida oʻz vaqtida koʻrib chiqish hamda ular yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 11-mart kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida shaxsiy qabul oʻtkazildi.
Tadbir davomida Tergov boshqarmasi va quyi tizim tergov bo‘lim-bo‘linmalari faoliyatiga oid jami 12 ta murojaat qayd etildi. Murojaatlar asosan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv hamda tergov harakatlari bilan bogʻliq muammolarni oʻz ichiga oldi.
Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi ijobiy hal etildi. Qolgan 11 ta murojaat boʻyicha qoʻshimcha tekshiruv, sohaviy organlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar koʻrish talab etilganligi sababli, ular belgilangan tartibda nazoratga olindi va masʼul shaxslarga ijrosini taʼminlash boʻyicha aniq topshiriqlar berildi.