O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

TERGOV SIFATINI OSHIRISH – USTUVOR MAQSAD

Farg‘ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘lim (bo‘linma, guruh)lari surishtiruvchi hamda tergovchilari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Mansur Sattarov boshqarib bordi.

Boshqarma boshlig‘i soha xodimlari oldida turgan muhim va dolzarb vazifalar haqida to‘xtalib, sud va prokuratura organlari bilan hamkorlikni yana-da yaxshilash, tergov sifatini oshirish, bunda adolat va haqiqat qaror topishini taʼminlash kabi masalalar haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Yig‘ilish yakunida sifat va samaradorlikni oshirish borasida muhim vazifalar belgilab olindi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech