O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamentida fuqarolarni navbatdagi online qabuli o‘tkazildi

Joriy yilning 07 aprel kuni Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O.Jalolov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Toshkent va Jizzax viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 3 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi qabul qilingan qarordan norozilik, 1 tasi yetkazilgan moddiy zarar qoplanmaganligidan norozilik masalasida, 1 tasi o‘g‘irlik jinoyati fosh etilmaganligidan norozilik masalasini tashkil etadi.

Qabul qilingan murojaatlarning 1 tasi joyida ijobiy hal etildi, 1 tasi bo‘yicha qo‘shimcha tekshirish talab qilinganligi sababli murojaati qabul qilinib, ijroga qaratildi, 1 tasi bo‘yicha esa huquqiy tushuntirishlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech