O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bugun Xalqaro bojxona organlari xodimlari kuni

Har yili 26 yanvar kuni dunyoda Xalqaro bojxona kuni (International Customs Day) yaʼni sayyoramizda bojxona organlari xodimlarining kasb bayrami sifatida nishonlanadi.

Bugungi kunda xalqaro bojxona tashkilotiga 183 davlat aʼzo bo‘lib, ular xalqaro savdoning 98%dan ortig‘ini boshqaradi. Ularning ¾ qismi rivojlanayotgan mamlakatlardir.

Xalqaro bojxona kuni nafaqat butun dunyo bo‘ylab bojxona xizmatlarining birdamligini namoyish qilish, yil yakunlarini sarhisob qilish va yangi yil uchun istiqbolli rejalar tuzish uchun nishonlanadi balki, jamiyatning ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanishidagi bojxona organlarining o‘rnini omma eʼtiboriga yetkazishda muhim o‘rin tutadi.

Bugungi kunda 800 mingdan ortiq inson o‘zining kasb bayramini nishonlamoqda – bu butun dunyo bojxonachilarining umumiy soni hisoblanadi.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati tizimlarida faoliyat yuritayotgan barcha bojxonachilarni kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz. Xizmat faoliyatida ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz. Yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishdan charchamang!

Hurmat bilan,

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech