O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan tergovchi va surishtiruvchilar bilan maʼrifiy tadbir o‘tkazildi

Tadbirda Oliy Majlis Senati aʼzosi, jurnalist, “Zarafshon” gazetasi muharriri Farmon Toshev, Samarqand shahar Maʼnaviyat markazi rahbari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi shoir Xurshid Nurullayev, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari polkovnik R.Ashrapov, F.Raxmatovlar, IIV O‘XB Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Sh.Shodiyev, tergovchi va surishtiruvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Senator F.Toshev soha xodimlariga mamalakatimizda yuz berayotgan siyosiy jarayonlar, tergovchi va surishtiruvchilarning yetuk mutaxassis sifatida shakllanishi, maʼrifatli, xalqchil xodim bo‘lishlari uchun qanday fazilatlarga ega bo‘lishlari lozimligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan Samarqand shahar Maʼnaviyat markazi rahbari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi shoir Xurshid Nurulllayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasidagi asosiy jihatlar, qabul qilinishi va qayta ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan qonunlar, kodekslar, konsepsiyalar, dasturlar va strategiyalar haqida yig‘ilish ishtirokchilariga maʼlumotlar berdi.

O‘tkazilayotgan bu kabi maʼrifat soatlari tizimda xizmat qilayotgan tergovchi va surishtiruvchilarni huquqiy, siyosiy va maʼnaviy bilimlarini oshirishda o‘rni beqiyos.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech