O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovnomalarni yuborish va ijro etish amaliyotidagi xato va kamchiliklar tahliliga bag‘ishlangan navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi

Joriy yilning 28 fevral kuni Tergov departamenti va uning hududiy bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan surishtiruvchi va tergovchilar ishtirokida “Jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovnomalarni yuborish va ijro etishda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar tahlili” mavzusida o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘quv seminari xalqaro hamkorlik doirasida jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam so‘rovlarini rasmiylashtirish, yuborish va ijro etish amaliyotini takomillashtirish, shuningdek amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida xalqaro topshiriqlarni tayyorlashda protsessual talablarga qatʼiy rioya etish, hujjatlarni to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirish, belgilangan muddatlarga amal qilish hamda xorijiy vakolatli organlar bilan samarali hamkorlikni taʼminlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mashg‘ulot davomida asosiy urg‘u xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xatolarga berilib, misollar yordamida tahlil qilindi va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar qo‘yildi.

Bundan tashqari, ishtirokchilarga xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatish sohasidagi milliy qonunchilik va xalqaro shartnomalar talablari tushuntirilib, topshiriqni asosli va sifatli tayyorlashda ahamiyat berilishi lozim bo‘lgan holatlarga to‘xtab o‘tildi.

Mazkur o‘quv seminari tergov faoliyatida xalqaro hamkorlik samaradorligini oshirish, ish sifatini yuksaltirish hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Tergov departamenti

Text to speech