O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Poytaxt IIBB rahbariyati hamda sohaviy xizmatlar rahbarlarining navbatdagi qabuli

Toshkent shahar IIBB da Bosh boshqarma rahbariyati, sohaviy xizmatlar rahbarlari tomonidan poytaxt aholisining kiberjinoyatlar, migratsiya va personallashtirish hamda tergov masalalari bilan bog‘liq murojaatlarini o‘rganish maqsadida qabul o‘tkazildi.Qabulga tashrif buyurgan fuqarolarning murojaatlari bevosita mazkur soha xizmatlari rahbarlari tomonidan tinglanib, diqqat bilan o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida kibermakonda sodir etilgan jinoiy hatti-harakatlardan jabrlanganlarning murojaatlarini qonuniy ko‘rib chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. 16 yoshga to‘lgan yoshlarga ID-kartalarini rasmiylashtirish, pasportlarini yo‘qotib jarima pullarini to‘lashda yordam so‘ragan fuqarolarga imtiyozlar berilishi bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.Shuningdek, surishtiruv-tergov harakatlari olib borilishida sustkashlikka yo‘l qo‘yilganligi bo‘yicha, tergov harakatlarini boshqa xodimga topshirish haqidagi murojaatlar ham o‘rganilib, mas’ullarga mazkur masalalarga qonuniy yechim topish yuzasidan vazifalar belgilanib, ijrosi ustidan nazorat o‘rnatildi.

Poytaxt IIBB rahbariyati hamda sohaviy xizmatlar rahbarlari tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan mazkur qabul fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini kuchaytirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Tergov departamenti

Text to speech