O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jonivorlarga mehr ko‘rsatildi

Joriy yilning 29 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati boshchiligida Tergov departamenti hamda vazirlik Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi Kinologiya xizmatining bir guruh xodimlari Toshkent viloyat, Ohangaron tuman, Yangihayot qo‘rg‘onida joylashgan Qarovsiz hayvonlarni himoya qilish jamiyatiga qarashli markazga tashrif buyurib, markaz faoliyati bilan tanishishdi hamda u yerda saqlanayotgan jonivorlarga beg‘araz yordam sifatida oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni topshirishdi.

Shu bilan birga, kinologiya xizmati xodimlari tomonidan kelgusida tarbiyalash va xizmatda foydalanish uchun markazda saqlanayotgan to‘rt oyoqli do‘stlarimiz orasidan ayrimlari tanlab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech