O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamenti va uning quyi tizimlarida o‘quv-seminar mashg‘ulotlari davom etmoqda

Joriy yilning 28 sentabr kuni Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi mas’ulligida “Jinsiy erkinlikka qarshi qaratilgan jinoyatlarni tergov qilish uslubi, bu toifadagi jinoyat ishlarini tergov qilishda hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishning o‘ziga xos xususiyatlari, tayinlanadigan ekspertiza turlari hamda ularni o‘tkazish tartibi, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar, bu sohadagi oqlov, qo‘shimcha tergov sabablari” mavzusida videokonferensaloqa tizimi orqali o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminarda Tergov departamenti va uning quyi tergov bo‘linmalari, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudyasi B.Aliqulov, viloyat prokuraturasi ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i F.Usmanov, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Samarqand viloyat filiali sud-tibbiy bo‘lim mudiri S.Davronov, sud-biologiya bo‘lim mudiri M.Normurodova, Advokatlar palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Muzaffarovlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D.Qurbonov “Jinsiy erkinlikka qarshi qaratilgan jinoyatlarni tergov qilish uslubi, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishning o‘ziga xos xususiyatlari, tayinlanadigan ekspertiza turlari hamda ularni o‘tkazish tartibi, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar, bu sohadagi oqlov, qo‘shimcha tergov sabablari” mavzusida, B.Aliqulov “Jinsiy erkinlikka qarshi qaratilgan jinoyatlarni tergov qilishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va e’tibor berilishi lozim bo‘lgan holatlar” mavzusida, S.Davronov “Sudga oid tibbiyot ekspertizasini tayinlashda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan holatlar” mavzusida, M.Normurodova esa “Ashyoviy dalillarni olishda va ekspertiza tayinlashda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan holatlar” mavzusida ma’ruza qilishdi.

Shundan so‘ng seminar savol-javob shaklida davom ettirilib, ishtirokchilar jinsiy erkinlikka qarshi qaratilgan jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, amaliyotda kelib chiqayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.

Hozirda reja asosida o‘quv-seminar mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech