O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navbatdagi ustuvor vazifalar belgilandi

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash borasida kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

Muhokama karantin talablariga rioya qilingan holda videoselektor ko‘rinishida o‘tkazildi. Unda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Ya.A.Abdulxakov, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari IIB va Milliy gvardiya boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari hamda masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Majlisda vodiy viloyatlarida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatni oshishiga sharoit yaratib bergan omillar, bu borada ichki ishlar bo‘limlari faoliyati tahlil qilindi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar keng va atroflicha muhokama etilib, masʼullarning hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, jinoyatchilikni jilovlash borasida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklarni bartaraf etish bo‘yicha profilaktik ishlar samaradorligini yana-da jadallashtirish lozimligi taʼkidlandi.  

Yig‘ilishda shu kabi eng muhim vazifalar va vodiy viloyatlaridagi ijobiy tajribalar almashinilib, soha xodimlariga berilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda tamomila yangicha tizim asosida ish tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech