O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Har bir murojaat-inson taqdiridir!!!

Hududlarda aholini davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yana-da mustahkamlash, karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni joyida hal etish maqsadida Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan navbatdagi sayyor qabul O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasida o‘tkazildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan sayyor qabulda 12 ta surishtiruv va tergov, 4 ta fuqarolik va pasport-viza, 4 ta mol-mulk nizolari, 4 ta boshqa masalalar hamda 2 ta ichki ishlar organlariga ishga qayta tiklash, 2 ta ichki ishlar organlari xodimlarining harakatidan norozilik, 1 ta oila - turmush, 1 ta minnatdorchilik masalasida jami 30 nafar fuqarolarning muammolari tinglandi.

Jumladan, murojaatlarning 18 tasi joyida ijobiy hal etildi, 8 tasi bo‘yicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi hamda 4 tasi tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun vakolatli organlarga yuborildi.

Sayyor qabul davomida 4 nafar fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish hamda fuqarolik hujjatlari rasmiylashtirilib, ularga ID karta hujjatlari tantanali ravishda topshirildi.

Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etiladigan 11 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha to‘plangan materiallar Farg‘ona viloyati IIBda o‘rganib chiqilib, qonuniy hal etish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Fuqarolar tomonidan qabulda topshirilgan murojaatlar nazoratga olinib, qonuniy hal etilishi taʼminlanadi.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech