O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

MOHIR TERGOVCHI VA SURISHTIRUVCHILAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

Farg‘ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida 2021 yilning o‘tgan 6 oyi yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili va muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda soha xodimlarining yutuqlari, tergov sifati, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov o‘tkazish vaqtida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar haqida so‘z yuritildi. Kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda 2021 yilning 6 oyi davomida tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tomonidan jinoyat ishlarini tergov qilishda bir qator ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi. Bunda tizimda xizmat qilayotgan har bir rahbar va xodimning hissasi borligi taʼkidlandi.

Biroq, ijobiy ko‘rsatkichlar bilan birga, xato va kamchiliklar ham borligi aytib o‘tildi. Ish sifati ijobiy tomonga o‘zgarmayotgan ayrim xodimlar tanqid qilindi va ularga zarur maslahat hamda tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida namunali faoliyat olib borayotgan bo‘linmalar va fidoyi xodimlar eʼtirof etilib, kompyuter jamlanmasi, noutbuk, televizor va boshqa sovg‘alar bilan taqdirlandi. Xususan, 3 ta tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmalari “Eng yaxshi ish ko‘rsatkichlarga erishgan tergov bo‘linmasi” degan nomga sazovor bo‘lishdi.

Shuningdek, eng yaxshi ko‘rsatkichga erishgan tergovchilar, surishtiruvchilar va ayol xodimalar faxriy yorliq hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Bundan tashqari, tadbir jarayonida joriy yilda IIV Akademiyasini tamomlab, tergov bo‘linmalarining tergovchi va surishtiruvchi lavozimlariga tayinlangan bir guruh xodimlarga kompyuter jamlanmasi, kanselyariya mahsulotlari topshirildi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Farg‘ona viloyati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech