O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Sarhisob va yangi rejalar muhokamasi

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining majlislar zalida 2021 yilning shu kuniga qadar Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hududlarida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash borasida ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Ya.A.Abdulxakov Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari IIB va Milliy gvardiya boshliqlari ishtirok etdi.

Majlisda Prezident tashabbusi bilan yaratilgan yangicha ishlash tizimi — hokimlik, prokuratura, Milliy gvardiya va jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar ijobiy samara berayotgani eʼtirof etildi.

Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni manzilli tashkillashtirish, huquqbuzarliklarni sodir etilish sabablari va unga imkon berayotgan shart-sharoitlarini tizimli aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha profilaktik ishlar samaradorligini yana-da jadallashtirish lozimligi tushuntirildi.

Yig‘ilishda shu kabi eng muhim vazifalar va vodiy viloyatlaridagi ijobiy tajribalar almashinilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech