O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidan 224 moddasida chiqarib tashlandi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yil 5 noyabrь kuni “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartishlar kiritish toʼgʼrisida”gi Qonunni imzoladi.

Qonunga muvofiq, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning Oʼzbekistonda vaqtincha boʼlish qoidalarini buzganligi uchun javobgarligi liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodekslarga tegishli oʼzgartirishlar kiritildi.

Xususan, Jinoyat kodeksining 224 moddasida koʼrsatilgan Oʼzbekistonda boʼlish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi chiqarib tashlandi.Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasi hududida boʼlish qoidalarini buzganligi (MJtKning 225-moddasi) uchun jarima miqdori ularning respublikada boʼlish muddatini necha kunga buzganligiga qarab belgilanmoqda:

• yaʼni 10 sutkagacha – 5 e.k.o.i.h.;

• 10 sutkadan koʼp ammo 30 sutkagacha – 10 e.k.o.i.h.;

• 30 sutkadan koʼp – 20 e.k.o.i.h.

Mazkur moddaning eski tahririda, huquqbuzarlik qancha muddat davom etganligidan qatʼiy nazar, jarima miqdori e.k.o.i.h.ning 50 barobaridan 100 barobarigacha deb belgilangan boʼlib, unda qoidabuzarni Respublika hududidan chiqarib yuborish nazarda tutilmagan.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar jarimani toʼlamagan taqdirda ular 1 yil muddatga mamlakatga qaytib kirish huquqini cheklagan holda mamlakatdan chiqarib yuboriladi, ushbu huquqbuzarlik maʼmuriy jazoga tortilganidan soʼng takroran sodir etilgan taqdirda esa 3 yilgacha mamlakatga kirish huquqi cheklanadi. 

Mamlakatda boʼlish qoidalarini va pasport tizimi qoidalarini buzganliklari uchun 18 yoshgacha boʼlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning maʼmuriy javobgarligi bekor qilinmoqda.

Qonun eʼlon qilingan 6 noyabr kunidan kuchga kiradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech