O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan MDHga aʼzo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashi yigʻilishiga doir

Joriy yilning 7-noyabr kuni Toshkent shahrida MDHga aʼzo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining navbatdagi 47-yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Bu haqda O'zbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy saytida ma'lum qilingan.
 
Yigʻilish davomida xalqaro terrorizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida hamkorlikni mustahkamlash masalalarini koʻrib chiqish, MDH makonida millatlararo va konfessiyalararo nizolar kelib chiqishining oldini olish, transport kommunikatsiyalari va iqtisodiyot sohasida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha hamkorlikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish koʻzda tutilmoqda.
 
Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash doirasida Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qilish rejalashtirilgan.
 
MDH Aksilterror markazi rahbari hamkorlikdagi aksilterror oʻquv mashgʻulotlari yakuni boʻyicha hisobot taqdim etadi va Markazning 2020-yilga moʻljallangan ish rejasini maʼlum qiladi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech