O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Huquqiy targ‘ibot faoliyat ko‘zgusidir

Fuqarolarni davlat va jamiyat hayotida yuz berayotgan so‘nggi o‘zgarishlardan xabardor qilish ijtimoiy fikrni yanada sog‘lomlashtirish, jamiyatda axborot xavfsizligini ta’minlash va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi islohotlar jarayonida asosiy e’tibor mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, jamiyat hayotidagi tub o‘zgarishlar, siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar haqida keng jamoatchilik hamda aholini xabardor qilib borish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonunchilikdagi yangiliklardan aholini tezkor xabardor qilish masalalariga qaratilayotgani bejiz emas.

Shu bois, Andijon viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan Andijon Davlat tibbiyot institutida mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarning, shu jumladan, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha joriy yilning 1 noyabr kuni o‘qituvchi va talabalari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur davra suhbati davomida o‘qituvchi va talabalarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining nobiometrik pasportini biometrik pasportga almashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyati tushuntirilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech