Buxoro viloyati IIB rahbariyatining şaxsiy qabulida 40 ga yaqin murojaatlar körib çiqildi
Buxoro viloyati IIB boşliğining örinbosari — Tergov boşqarmasi boşliği iştirokida ötkazilgan navbatdagi qabul fuqarolar bilan oçiq muloqot qilişning yorqin amaliy ifodasi böldi. Uşbu jarayonda har bir masalaga inson taqdiri nuqtayi nazaridan yondaşilib, aholining qonuniy manfaatlarini ta’minlaş va huquqlarini himoya qiliş boş maqsad qilib olindi.
Samimiy ruhda keçgan tadbirda 40 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari batafsil eşitildi. Uşbu muloqot maydoni odamlarni bezovta qilayotgan turli muammolarga qonuniy va tezkor yeçim topiş imkonini berdi.
Qabulga kelganlarning aksariyati firibgarlik holatlaridan jabr körgan va öz mulkini qaytarişda amaliy yordam söragan fuqarolar böldi. Bundan taşqari, tergovga qadar tekşiruv hamda dastlabki tergov jarayonlarining xolisligini ta’minlaş, oilaviy kelişmovçiliklar, şuningdek, yöl harakati xavfsizligi masalalariga oid e’tiroz va takliflar çuqur tahlil qilinib, qonuniy tuşuntirişlar berildi.
Muloqotning e’tiborli tomoni şundaki, bildirilgan muammolarning aksariyati rahbariyatning aralaşuvi bilan şu yerning özida ijobiy hal etildi. Qöşimça örganiş va huquqiy baho beriş talab etiladigan murakkab holatlar yuzasidan tegişli sohaviy xizmat rahbarlariga aniq topşiriqlar berilib, ularning ijrosi alohida nazoratga olindi.
Oçiqlik va şaffoflik prinsiplari asosida taşkil etilgan bu kabi sayyor qabullar inson huquqlarini himoya qilişning amaliy namunasi hisoblanib, xalq hamda davlat idoralari örtasidagi işonçni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Tergov departamenti