Bosh prokuraturada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi "Xotin-qizlar va bolalarni tazyiq hamda zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 33 - sonli Farmoni va unga muvofiq qabul qilingan Qonun ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda, Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligida, Bosh prokuraturaning tegishli boshqarma boshliqlari, Ichki ishlar vazirining sohaga mas’ul o‘rinbosarlari, tezkor-qidiruv, tergov va jamoat xavfsizligi departamenti mas’ul xodimlari, viloyat prokurorlari, ularning birinchi o‘rinbosarlari, viloyat IIB boshliqlari, tezkor-qidiruv va tergov bo‘yicha o‘rinbosarlari, viloyat IIBlarning tezkor-qidiruv xizmati, JXX va HPB boshliqlari hamda viloyat prokuraturasining mas’ul bo‘lim boshliqlari, tergovchi va xodimlari, tuman (shahar) prokurorlari va ularning o‘rinbosarlari, tergovchilari hamda tuman IIB boshliqlari, sohaga mas’ul o‘rinbosarlari, tergov va tezkor-qidiruv bo‘limi boshliqlari va sohaga mas’ul bo‘lgan boshqa xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda, jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi murosasiz kurashish, jabrlanuvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, har bir holatning to‘liq va xolisona tekshirilishini ta’minlash, ushbu turdagi jinoyatlarni o‘z vaqtida ro‘yxatga olish kabi mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tergov departamenti