O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kun qahramoni: leytenant Boburjon Boltaboev

Boburjon Boltaboev 1995 yili Toshkent viloyatining Oʼrtachirchiq tumanida tugʼilgan. 2019 yilda IIV Аkademiyasini tamomlagan. Xizmat faoliyatini Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi surishtiruvchisi lavozimida boshlagan. Hozirda Oʼrtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimida tergovchi vazifasida xizmat qilmoqda.

Boburjon kasbiga sadoqatli, intiluvchan, bilimli va shijoatli yosh xodimlardan biri. U tizimda oʼtkaziladigan koʼpgina tanlovlarda ham faol ishtirok etib, katta-kichik yutuqlarga erishib kelmoqda. Xususan, oʼtgan yili respublika ichki ishlar organlari tergov boʼlinmalari xodimlari oʼrtasida oʼtkazilgan tanlovning “Namunali tergov jamoasi” nominatsiyasida Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi jamoasi aʼzosi sifatida qatnashib, faxrli birinchi oʼrinni egalladi.

Boburjon Boltaboev xizmat faoliyati davomida bosqinchilik, oʼgʼrilik, talonchilik va boshqa bir qator jinoiy ishlarning fosh qilinishida toʼlaqonli va xolis tergovni amalga oshirib, sud organlariga chiqargan.

Joriy yilning 12 aprelь kuni soat 23:30larda fuqaro X.X. mast holda oʼzganing mol-mulkini bosqinchilik yoʼli bilan talon-toroj qilish niyatida Nurafshon shahridagi Navroʼz mahallasida yashovchi Z.А.ning xonadoniga deraza orqali kiradi. Uyning mehmonxonasidagi shkaflarini ochib, tintiyotgan vaqtida xonadon egasi uni payqab qoladi. X.X. uy egasi va uning turmush oʼrtogʼini urib-tepib, ularga jiddiy tan jarohati yetkazadi va hodisa joyidan qochib ketadi.

Leytenant Boburjon Boltaboev mazkur jinoyat ishini tergov yoʼli bilan fosh etadi. Аybdor shaxsni topib, ishni sudga oshiradi.

Qahramonimizning xizmat faoliyatida bu kabi holatlar koʼplab kuzatiladi. U har gal oʼz ustida tinimsiz ishlashdan, boy tajribaga ega boʼlgan ustozlaridan yoʼl-yoʼriq soʼrashdan erinmaydi. 

Аdolat FАYZIEVА,

“Postda” muxbiri.

Toshkent viloyati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech