O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi

Tergov departamenti tomonidan “Tovlamachilik jinoyatlarini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, tayinlanadigan ekspertiza turlari, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar, shuningdek, mazkur toifadagi jinoyat ishlari bo‘yicha oqlov hukmlari chiqarilishi, xususiy ajrimlar kiritilishi va jinoyat ishlarining qo‘shimcha tergovga qaytarilishiga sabab bo‘layotgan omillar tahlili” mavzusida videokonferensaloqa tizimi orqali navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur mashg‘ulot Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi Shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i mayor M.E. Isroilov, Tergov boshqarmasi katta tergovchisi katta leytenant M.X. Qo‘qonboyev hamda advokat U.T. Turg‘unov mavzu yuzasidan ma’ruzalar qildilar.

O‘quv mashg‘uloti davomida mavzuning dolzarbligiga alohida e’tibor qaratilib, tovlamachilik bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillarni aniqlash, dalillarni to‘liq va o‘z vaqtida to‘plash, zarur ekspertizalarni to‘g‘ri tayinlash va ularning natijalarini baholash, protsessual qoidalarga qat’iy rioya etish hamda tergov harakatlarini qonunchilik talablari asosida amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mashg‘ulotda Tergov departamenti hamda uning quyi hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi.

Bu kabi o‘quv-seminar mashg‘ulotlari xodimlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tasdiqlangan reja asosida muntazam davom ettirilmoqda.

Tergov departamenti

Text to speech