Navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi
Kuni kecha, Tergov departamentida “Ichki ishlar organlarida surishtiruvni tashkil etish va olib borishdagi dolzarb muammolar: amaliyot va yechimlar” mavzusida videokonferetsaloqa tizimi orqali o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Navbatdagi mashg‘ulot Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tashkillashtirildi.
Ushbu o‘quv-seminar mashg‘ulotida Tergov departamenti va uning quyi hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi.
Seminarda, Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi mas’ullari, Navoiy viloyat prokuraturasi mas’ul tarmoq rahbarlari, jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi sudyalari, ekspertlar, advokatlar hamda viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi mas’ullari tomonidan belgilangan mavzular doirasida ma’ruzalar qilinib, ochiq muhokamalar o‘tkazildi.
Unda, surishtiruv institutini tartibga soluvchi normalar tushuntirilib, amaliyotda uchrayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar qizg‘in savol-javob va ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilar tomonidan amaliy muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari reja asosida davom ettirilmoqda.
Tergov departamenti