O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Suv quvurlarini o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Navoiy. 2020 yilning mart oyida noma'lum shaxslar tomonidan Uchquduq tumani Bozdun OFY cho‘l hududida bo‘lgan Suv xo‘jaligi vazirligi Zarafshon irrigasiya va energetika boshqarmasiga tegishli jami narxi 102.250.200 so‘mlik diametri 273 millimetr bo‘lgan 300 metr quvurlar qazib olinib, o‘g‘irlanib ketilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni 39 yoshli Sh.J., 33 yoshli Sh.O., 32 yoshli E.T., 34 yoshli B.R. va F.Q. lar o‘zaro jinoiy til biriktirib sodir etganliklari aniqlanib, IIB xodimlari tomonidan ushlangan xamda o‘g‘irlab ketilgan quvurlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchquduq tumni IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (ko‘p miqdorda sodir etilgan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sh.J., Sh.O., E.T., B.R. va F.Q. lar gumon qininuvchi tariqasida jalb qilingan, hozirda ular bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech