O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Platsik oyna romlar yasash korxonasidan oʼgʼirlik sodir etgan shaxslar ushlandi.

Surxandaryo. 2020 yilning 06 mart kunidan 07 mart kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shahslar Termez shahari “А.Jomiy” mahallasida joylashgan MChJ binosiga gʼayriqonuniy kirib, ichidan jami 7.252.000 soʼmlik plastik romlarini tayyorlashga moʼljallangan uskunalar va 1 dona sport velosipedini oʼgʼirlab hodisa sodir boʼlgan joydan yashiringan.

Koʼrilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Termez shahrida yashovchilar 24 yoshli D.А. va 26 yoshli R.R. va А.I.lar sodir etganliklari aniqlanib va ulardaan oʼgʼirlangan narsalarning bir qismi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Termez shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-m. 2-q. “v,g” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib. Mazkur jinoyatni sodir etganlar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech