O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Аnologik jinoyat sodir qilgan retsidivist ushlandi.

Аndijon viloyati. 2020 yilning 26 fevral kuni taxminan soat 02:00 larda muqaddam qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish jinoyati uchun sudlangan 20 yoshli Sh.M., Oltinkoʼl tumani Chamanzor koʼchasida joylashgan choyxonada oʼziga notanish boʼlgan 38 yoshli B.K., bilan oʼzaro janjallashib, yonidagi xoʼjalik pichogʼi bilan B.K.,ning koʼkrak qismiga tan jarohati yetkazgan. Natijada B.K. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinkoʼl tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʼta xavfli retsidivist tomonidan qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Dastlabki tergov jarayonida xoʼjalik pichogʼi ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. B.K., jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech