O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O’z farzandini sotgan onaga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi

2018 yil 15 oktyabr kuni soat taxminan 17:20da, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Samarqand viloyat Samarqand shahri hududida fuqarolar N.S. va N.M. oldindan o'zaro jinoiy til biriktirib, N.S.ning 28.09.2018 yil tug'ilgan o’g’il farzandini 4.000.000 so’m evaziga arizachilar “T” va “M” larga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish o'n sakkiz yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa) alomatlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech