O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O’gay opasiga og’ir tan jarohati yetkazdi

2018 yil 28 sentyabr kuni soat taxminan 21:30da, Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi fuqaro S.Sh. o’z uyida o’gay opasi Yu.Sh. bilan o'rtalarida  kelib chiqqan o'zaro janjal oqibatida, uning tanasini turli joylariga urib-tepib, og'ir tan jarohati yetkazgan. Natijada Yu.Sh. kasalxonaga yotqizilgan. S.Sh. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech