O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ona “tarbiyasi” norasida farzandning o’limiga sabab bo’ldi

2018 yil 16 oktyabr kuni soat taxminan 00:30da, Andijon viloyat Izboskan tumanida yashovchi fuqaro V.Sh. o’z uyida voyaga yetmagan farzandi K.Z.ni “tarbiyalash” maqsadida, uning tanasini turli joylariga yog’och bo’lagi bilan urib, og’ir tan jarohati yetkazgan. Natijada, K.Z. kasalxonaga yotqizilib, ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, vafot etgan V.Sh. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og'ir shikast etkazish, jabrlanuvchining o'lishiga sabab bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech