O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yoʼl yoqasida mototsikl yetaklab ketayotgan piyoda YTH qurboni boʼldi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 12 may kuni soat 08:00 da haydovchi 49 yoshli B.N., boshqaruvida boʼlgan “Gaz-53” rusumli yuk avtomashinasini “Toʼytepa-Oqqoʼrgʼon-Yangiyoʼl” avtomobilь yoʼli boʼylab, Oqqoʼrgʼon shahri tomondan, Nurafshon shahri tomonga boshqarib ketayotganida, ushbu yoʼlning 16 kilometrida, oʼz yoʼnalishi boʼyicha avtomobilь yoʼlini oʼng chetidan, harakat oqimiga qarab uch gʼildirakli mototsiklini yetaklab ketayotgan fuqaro 31 yoshli Sh.I., ni avtomashinaning oldi qismi bilan urib yuborib yoʼl-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada fuqaro Sh.I., turli darajadagi tan jarohatlari bilan Oqqoʼrgʼon tuman Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan, biroq koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oqqoʼrgʼon tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʼlimiga sabab boʼlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech