O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navbahorda 21 yoshli shaxs o‘zining tengdoshini shisha bo‘lagi bilan jarohatladi

Navoiy. 2020 yil 11 yanvar' kuni taxminan soat 00:30 larda 21 yoshli B.I. Navbahor tumani “Qiziltepa” mahallasi Chinor ko‘chasida o‘zaro janjal vaqtida, yerda yotgan shisha sinig‘i bilan 21 yoshli A.R.ning qorin sohasiga tan jarohat yetkazgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasiga koʼra, А.R. "ogʼir" tan jarohati olganligi koʼrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan 12.01.2020 yilda Navbahor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan B.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.I. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech