O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qorakoʼlda bangixona saqlagan shaxs aniqlandi

Buxoro. 2020 yilning 11 sentyabrь kuni Qorakoʼl tuman IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, 35 yoshli D.M., (ayol) giyohvandlik vositasini sotib olish uchun borgan fuqaroning giyohvandlik vositasini isteьmol qilishi uchun oʼzining Qorakoʼl tumanida joylashgan yashash uyida, giyohvandlik vositalari va maxsus moslamalar bilan taʼminlab, giyohvandlik vositasini isteьmol qilishga sharoit yaratib berib, bangixona saqlash jinoyatini sodir qilgan vaqtda, tadbir ishtirokchilari tomonidan aniqlangan.
D.M.,ning yashash uyidan giyohvandlik vositasini chekishda foydalanilgan bir dona yelim idish (baklashka), 1 dona sigareta qutisi, falga qogʼoz boʼlaklari, yongan gugurt choʼplari qoldiqlari, sigareta qoldiqlari, 1 dona stakan, 1 dona 50 ming soʼmlik kupyuradagi pul hujjatlashtirilib olingan. Sud kimyoviy ekspertiza xulosasiga koʼra, bir dona yelim idishning (baklashka) ichida sof ogʼirligi 0,24 gramm boʼlgan marixuana giyohvandlik vositasi mavjudligi koʼrsatilgan.

Shuningdek, D.M., 200 ming soʼm pullar evaziga fuqaroga marixuana giyohvandlik vositasini sotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan. Sud kimyoviy ekspertiza xulosasiga koʼra, tadbirda olingan moddaning sof ogʼirligi 2,39 gramm boʼlgan ozginadan koʼproq miqdordagi marixuana giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qorakoʼl tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan D.M., (ayol) Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qismi(Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni laboratoriyalarda yoxud oʼzganing mulki hisoblangan vositalar va asbob-uskunalardan yoki prekursorlardan foydalangan holda qonunga xilof ravishda tayyorlash yoki qayta ishlash, shuningdek bunday vositalarni isteʼmol qilish yoki bangixona tashkil etish va saqlash) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech