O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Chirchiqda ogʼufurush sud oldida javob beradi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 06 iyunь kuni IIB xodimlari tomonidan Chirchiq shahri hududida “Qora dori-2020” profilaktik tadbirlari jarayonida aniqlanishicha, 30 yoshli D.X. soat 16:00 da Chirchiq shahar Mejkanalьnaya koʼchasida “А” ismli shaxs bilan uchrashib, undan 500.000 soʼm pullarni “gashish” giyoxvandlik vositasini olib kelib berish evaziga olib, shu kuni soat 19:30 da Chirchiq shahar А.Navoiy koʼchasida joylashgan “Makro” savdo majmuasi yonida bir dona polietilen paketga oʼralgan 1,02 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini sotgan vaqtida jinoyat ustida qoʼlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan D.X., ga Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Dastlabki tergov jarayonida D.X. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi extiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib oʼtamiz, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs 10-20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech