O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Olmaliqda marixuana qovurayotgan fuqarolar ushlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 1 sentyabrь kuni Olmaliq shahrida IIO xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tadbir davomida, 34 yoshli X.А. va 25 yoshli B.U., “Zarya” uyushmasi 3-koʼchasida joylashgan B.U., ga tegishli dala-hovlida 675 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasini qozonda qovurayotganliklari aniqlangan, bundan tashqari qozon oldidan 1 kg. 251 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasi topilib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyovandlik vositalarini oʼtkazish maqsadini koʼzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. B.U. va X.А., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. 


Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech