O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Uzoqlarni ko‘zlagan shovvozning borar joyi beton to‘siq bo‘ldi

Namangan viloyati. 2022 yil 11 aprel kuni  soat 19:30 larda Yangiqo‘rg‘on tumani Xurriyat ko‘chasida yashovchi 28 yoshli X.M. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasida Uychi tumani Yangichek mahallasi hududida joylashgan savdo do‘koni oldida avtomashinasining eshiklarini ochiq holda, kalitni ham o‘zida qoldirib, savdo do‘koniga kirib ketgan vaqtida, avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi Uychi tumani A.Temur ko‘chasida yashovchi 31 yoshli A.A. avtomashinani olib qochib, boshqaruvni eplay olmay Uychi tumani Oqtosh mahallasi hududida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etganligi natijasida tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uychi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda yuqoridagi shaxsning ushbu jinoyatga qo‘l urishi sabablari aniqlanmoqda.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech