O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tomorqasida «koʼknori» va «kannabis» giyoxvandlik vositasini yetishtirayotgan shaxs aniqlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 07 may kuni soat 11:00 da Piskent tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan «Qoradori-2020» tezkor tadbiri davomida Piskent tuman Moʼminobod mahallasida yashovchi 56 yoshli Gʼ.M., ning uyi koʼzdan kechirilganida, tomorqasida 135 tup «koʼknori» va 2 tup «kannabis» nomli tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud boʼlgan oʼsimliklarini ekib, parvarishlab oʼstirib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Piskent tuman IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Gʼ.M., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech