O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Televideniye va radio orqali tanilishni istagan fuqaro firibgarning tuzog‘iga tushib qoldi

Sirdaryo viloyati. 2023 yil 24 mart kuni Sirdaryo tumani A.Temur ko‘chasida yashovchi 39 yoshli X.Sh. ariza bilan murojaat qilib, unda nomaʼlum bo‘lgan shaxs uning telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini “Vodiy sadosi” radiosida ishlovchi “Muzaffar Ochilov” deb tanishtirib, uning qo‘shiqlarini radioda reklama qilib berish evaziga undan ikki marotaba 1.200.000 so‘mdan jami 2.400.000 so‘m hamda "ZO‘R TV" kanaliga chiqarib berish uchun 400.000 so‘m pullarini 9860 60 **** 3895 raqamli plastik kartasiga tashlash yo‘li bilan qo‘lga kiritganligidan so‘ng vaʼdasiga ko‘ra uning qo‘shiqlarini radioda reklama qilib bermasdan aldab ketganligini va uni so‘rab surishtirgan vaqtida o‘zini “Muzaffar Ochilov” deb tanishtirgan shaxs radio sohasida ishlamasligini bilganligini maʼlum qilib, ushbu shaxsni aniqlashda va pullarini undirib berishda amaliy yordam so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, “Muzaffar Ochilov” deb o‘zini tanishtirgan shaxs aslida hech qayerda ishlamaydigan, Andijon viloyatida yashovchi 28 yoshli Yu.O. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Yu.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Birovga ishonch bildirishdan oldin chuqur o‘ylab ko‘ring. Firibgarlik qurboniga aylanib qolishdan ogoh bo‘ling!

Muallif: Tergov departamenti

katta tergovchisi

A.Abdullayev

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech